avatar
Куч
1768.28
Рейтинг
+652.49

Ботиржон Шерматов

Мақолалар

Yevropa Ittifoqining Management Training Programme (MTP)– Capacity Building Small and Medium Enteprise Management in Uzbekistan.

Халқаро янгиликлар
Yevropa Ittifoqining Management Training Programme (MTP) – Capacity Building Small and Medium Enteprise Management in Uzbekistan. Dasturi bo’yicha  Italiyaning Consorzio Piacenza Alimentarega 2016 yil 20 oktyabrdan 9 noyabrgacha xizmat safarida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “ingliz tili” kafedrasi o’qituvchisi Nurbekova Shaxnoza Sheralievna  bo’lib kaytdi.
Ushbu loyiha Yevropa ittifoqining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni O’zbekistonda taraqqiy ettirish dasturi bo’lib bunda asosan tadbirkorlarnining Yevropa   ittifoqidagi davlatlarda yirik korxonalarda, xususiy kompaniyalarda ishlab chiqarishni kuzatib, tajriba o’zlashtirib O’zbekistonda tadbiq etish asosiy maqsad sifatida ko’zlangan.

“Milliy raqslar” Respublika ko‘rik - tanlovi yakunlandi

Barkamol avlod RBBIM

Milliy raqs san’ati bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularda raqs san’atiga bo‘lgan muhabbatini yanada kuchaytirish, kelajak avlodlarimiz orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida 2015 yil 30 aprel kuni “Milliy raqslar” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichida hududiy saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan, Jizzax, Xorazm, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazlarining 54 nafar to‘garak a’zolari o‘zaro bellashdilar.
Ko‘rik-tanlovda hakamlar hay’ati ishtirokchilar chiqishlarini baxolashda ijro mahoratiga, dasturlarda milliy hususiyatlarning aks ettirilishiga, sahna madaniyatiga, liboslarning raqsga mosligi va raqsning sahnalashtirilishiga, qo‘shiq ohangiga monandligiga hamda uning badiiy saviyasiga alohida e’tibor qaratdilar.
Tadbir yakunida tanlovning guruhlar bo‘yicha 1-o‘rinni Qashqadaryo viloyati Kitob tumani, 2-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Barkamol avlod” bolalar markazining raqs to‘garagi a’zolari hamda 3-o‘rinni Andijon viloyati Andijon shahar, Buxoro viloyati Shofirkon tumani, va Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Barkamol avlod” bolalar markazlarining raqs to‘garagi a’zolari egalladilar.
Yakka ijro yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni Respublika “Barkamol avlod” bolalar badiiy ijodiyot markazi to‘garak a’zosi Mamajonova Barno,
2-o‘rinni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan Xamidova Mavluda va Namangan viloyati Namanagan shahridan Maxmudova Muslima, 3-o‘rinni esa, Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan O‘ngarova Turg‘unoy, Xorazm viloyati Shovot tumanidan Korriboeva Lobar hamda Navoiy viloyati Karmana tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garak a’zosi Asadullaeva Dinaralar egalladilar.
Ko‘rik-tanlov sovrindorlari “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ko‘rik tanlovning tuman (shahar) viloyat va Respublika miqyosidagi bosqichlarida jami 1735 nafar “Barkamol avlod” bolalar markazlarida maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim-tarbiya olayotgan to‘garak a’zolari qamrab olindi.



manba

“Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida favqulodda sodir bo‘ladigan xodisalarning oldini olish va ularga qarshi chora-tadbirlar qo‘llash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Barkamol avlod RBBIM

“Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi tomonidan 2015 yilning 21 aprel kuni favqulodda sodir bo‘ladigan xodisalarning oldini olish va ularga qarshi chora-tadbirlar qo‘llash bo‘yicha bilimlarini boyitish maqsadida markazda pedagog xodimlar va markaz to‘garaklarida maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasining mutasaddi xodimlari – Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi katta o‘qituvchisi Azamat Suyunov hamda metodist o‘qituvchisi Ma’suda Ergashevalar ishtirokida “Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida tinglovchilar qizg‘in savol-javoblar orqali favqulodda vaziyatlarda qanday choralarni qo‘llash mumkinligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Davra suhbatida markazda faoliyat yuritayotgan 20 nafar pedagog xodimlar hamda “Duradgorlik”, “Bichish-tikish”, “Munchoqli bezak”, “Zargarlik”, “Karving san’ati” va “Yosh qandolatchi” to‘garaklaridan 60 nafarga yaqin to‘garak a’zolari ishtirok etdi.


21.04.2015 yil
“Barkamol avlod” Respublika
bolalar badiiy ijodiyot markazi
манба

Navoiy viloyatida “Barkamol avlod” bolalar markazlari uslubchilari uchun “Uslubiy xizmat samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi

Barkamol avlod RBBIM
Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 7 yanvardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o‘quv, amaliy-seminarlar tashkil etish orqali “Barkamol avlod” bolalar markazlari pedagog xodimlari va umumta’lim maktablari to‘garak rahbarlarining malakasini oshirish bo‘yicha 2015 yil dasturi asosida joriy yilning 15 aprel’ kuni “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi mutaxassislari tomonidan Navoiy viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarida faoliyot ko‘rsatayotgan uslubchilar uchun “Uslubiy xizmat samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi. Mazkur o‘quv-seminar yig‘ilishi kun tartibida belgilangan quyidagi ma’ruzalar eshitildi: 1. Viloyatda maktabdan tashqari ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (M.Toshov – Navoiy viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori). 2. Navoiy viloyatidagi mavjud “Barkamol avlod” bolalar markazlarining tahlili. (B.Toshniyazov — “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi mutaxassisi) 3. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida uslubiy xizmat samaradorligini oshirish yo‘llari mavzusida seminar-trening. (R.Boboqulov “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi guruh rahbari) O‘quv-seminarda 35 nafarga yaqin ya’ni, direktorlar, direktor o‘rinbosarlari hamda uslubchilar ishtirok etdilar. O‘quv-seminar yakunida yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi. SHuningdek, o‘quv-seminar qatnashchilariga amaliy-uslubiy yordam tariqasida “Barkamol avlod” bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar uchun 11 nomdagi o‘quv dasturlar, “Barkamol avlod” bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar uchun 11 nomdagi o‘quv qo‘llanmalari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari uchun uslubiy qo‘llanma va tavsiyanomalar, “Barkamol avlod” bolalar markazlari pedagog xodimlari uchun huquqiy-me’yoriy xujjatlar to‘plami, “Barkamol avlodni tarbiyalashda o‘zbek xalq og‘zaki ijodining o‘rni” nomli to‘plamlarning elektron varianti hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tashkil etish omillari” nomli uslubiy tavsiyanomalar reestr asosida tarqatildi. 15.04.2015 y. manba

“Milliy raqslar” va “Zarb-2015” yosh doirachilar Respublika ko‘rik- tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi

Barkamol avlod RBBIM
Hozirgi kunda, chekka hududlardagi yosh iqtidor egalarini izlab topish, ularning milliy raqs va zarbli cholg‘ular san’atidagi iste’dodini namoyon etishlari uchun ijodiy maydon yaratish, ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, o’quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, ularni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Milliy raqslar” va “Zarb-2015” yosh doirachilar Respublika ko‘rik-tanlovlari o’tkazikib kelinmoqda. Joriy yilning 10-aprel kuni Jizzax shahrida Sirdaryo va Jizzax viloyatlari “Barkamol avlod” bolalar markazlari to’garak a’zolari o‘rtasida “Milliy raqslar” va “Zarb-2015” yosh doirachilar Respublika ko‘rik-tanlovlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda Sirdaryo va Jizzax viloyatlari “Barkamol avlod” bolalar markazlarining 30 nafar to‘garak a’zolari san’atning milliy raqs va zarbli cholg‘ular yo‘nalishida Respublika bosqichida qatnashish uchun bellashishdi. Ko‘rik-tanlovda yuqori badiiy saviyadagi tomosha dasturlari va faol ishtiroklari, ijro mahorati, dasturlarda milliy xususiyatlarning aks ettirilishi, sahna madaniyati, liboslarning raqsga mosligi va raqsning sahnalashtirilishi, qo‘shiq ohangiga monandligiga alohida e’tibor qaratilib, hakamlar hay’ati tomonidan odilona baholandi. Ko‘rik-tanlovning “Milliy raqslar” yo‘nalishida guruhlar bo‘yicha Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “SHodoyona” raqs to‘garagi a’zolari 1-o‘rinni, Jizzax viloyati Jizzax shahar “Barkamol avlod” bolalar markazining raqs to‘garagi a’zolari 2-o‘rinni, yakka ijro bo‘yicha Jizzax viloyati Zarbdor tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchisi 1-o‘rinni, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garagi a’zosi 2-o‘rinni egallashdi. “Zarb-2015” yo‘nalishida guruhlar bo‘yicha Jizzax viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi to‘garak a’zolari 1-o‘rinni, Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “Folklor” doirachilar to‘garagining “Sado” guruhi a’zolari 2-o‘rinni, yakka ijro bo‘yicha Jizzax viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi o‘quvchisi Qudratov Islom 1-o‘rinni, Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Barkamol avlod” bolalar markazi “Folklor” doirachilar to‘garagining “Sado” guruhi a’zosi Komiljonov Botirjon 2-o‘rinni egalladi. Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. manba

“Milliy raqslar” va “Zarb-2015” yosh doirachilar Respublika ko‘rik-tanlovlarining saralash bosqichi o‘tkazildi

Barkamol avlod RBBIM


O‘quvchilarni Vatanga, san’atga, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatini oshirish milliy raqs va doira san’ati bo‘yicha iqtidorli o‘quvchi-yoshlarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, ularni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi tashabbusi bilan “Milliy raqslar” va “Zarb-2015” yosh doirachilar Respublika ko‘rik-tanlovlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.2015 yilning aprel-may oylarida ham mazkur ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning mart oyida o‘tkazilgan hududiy bosqichlar yakunlariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar aprel oyida saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
10 aprel sanasida 5 ta hududda – Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm), Surxondaryo (Surxondaryo va Qashqadaryo), Jizzax (Jizzax va Sirdaryo), Andijon (Andijon, Namangan va Farg‘ona) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (“Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi, Toshkent shahar hamda Toshkent viloyati) mazkur ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi o‘tkazildi. Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Joriy yilning 9-11 aprel kunlarida Navoiy viloyatida Xalq ta’limi vazirligi va Navoiy viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida Respublika o‘quv seminari tashkil etilishi hamda Navoiy viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazining 2015 yil 30 martdagi 03-218-sonli xatiga asosan Navoiy (Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari) viloyatida ko‘rik-tanlovning saralash bosqichi joriy yilning 15 aprel sanasida o‘tkazilishi rejalashtirildi.
Eslatma: ko‘rik tanlovning respublika bosqichi “Milliy raqslar” ko‘rik tanlovi bo‘yicha joriy yilning 30 aprel sanasida, “Zarb-2015” ko‘rik tanlovi bo‘yicha may oyining so‘ngi o‘n kunligida “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida o‘tkaziladi.


manba

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институтида “Наврўз” байрами

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан
Гўзал Ўзбекистонимизга фасллар кўрки бўлмиш баҳор фасли кириб келди. Юртимизнинг барча гўшаларида, шаҳару қишлоқ, гузару маҳаллаларда бу шодиёна кўтаринки кайфиятда нишонланмоқда. Баҳор – яшаш, яшариш, янгиланиш фасли. Айни шу фаслда азалий байрам – “Наврўз”ни кутиб оламиз. Олам яшаради, ҳайвонот олами уйғонади, деҳқонларимиз мўл ҳосил олиш тараддудини кўришади.
Юртимиз маҳаллаларида ёшу-қариларимиз катта қозон атрофида сумалак қилиб ўйин кулгу билан “Наврўз” байрамини нишонлашмоқда.
Бу байрам фақатгина маҳаллаларда эмас балки олий ўқув муассасаларида ҳам катта қувонч билан нишонланмоқда.
Шу қатори бизнинг институтимизда ушбу байрам ҳам нишонланмоқда. Унда қатнашаётган ўқитувчилар ва талабалар бу байрамга катта тайёргарлик кўришган.
Ўзбекистон Давлат жисмоний тарбия институтида ҳам “Наврўз” га пуҳта тайёргарлик кўришган. Дошқозонларда сумалаклар қайнаган, проффессор-ўқитувчилар талабалар билан биргаликда ўйин-кулгу қилиб байрамни нишонлашмоқда. Кексалар, устоз мураббийлар атрофида дуога қўл чўзиб, юртимизга тинчлик, хотиржамлик, талаба-ёшларга мустаҳкам сиҳат-саломатлик тилашмоқда.

ЎзДЖТИ “Енгил, оғир ва велоспорт кафедраси” 4-босқич талабаси Толаметова Д.А

«Barkamol avlod» Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida “Kelajak nihollari” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Barkamol avlod RBBIM

Markaz to‘garaklarida ta’lim-tarbiya olayotgan kam ta’minlangan oila farzadlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish orqali ertangi kunimiz egalari bo‘lmish yosh avlod qalbiga shodlik, quvonch ulashish, ularga o‘z iqtidorlarini namoyon qilishiga imkoniyatlar yaratish maqsadida 2015 yil 27 mart kuni “Kelajak nihollari” mavzusida ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy ishlar ko‘rgazmasida Markazning “Duradgorlik”, “YOsh musavvir”, “To‘qish”, “Bichish-tikish”, “Munchoqli bezak” hamda “Folklor”. to‘garaklaridagi 70 nafardan ortiq kam ta’minlangan oila farzandlari o‘z qo‘llari bilan yaratgan ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida markazda faoliyat olib borayotgan “Tantana”, “Navro‘z” folklor xalq raqslari hamda “Folklor” Doirachilar to‘garak a’zolari tayyorlab kelgan chiqishlari bilan ishtirokchilar va mehmonlarni xushnud etdilar.
Tadbirda shuningdek, Toshkent Davlat texnika universitetining Sanoat tarmoqlarini boshqarish fakulteti “Sanoat dizayni” kafedrasi talabalari tomonidan markaz “Yosh musavvir” to‘garagi a’zolariga mahorat darslari o‘tkazildi.
Tadbir yakunida faol ishtirokchilar Markazning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
манба

“Tadbirlarni samarali va sifatli tashkil etish” mavzusida o`quv-seminar tashkil etildi

Barkamol avlod RBBIM


]Xalq ta`limi vazirligining 2015 yil 7 yanvardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarida o`quv, amaliy-seminarlar tashkil etish orqali “Barkamol avlod” bolalar markazlari pedagog xodimlari va umumta`lim maktablari to`garak rahbarlarining malakasini oshirish bo`yicha 2015 yil dasturi asosida joriy yilning 13 mart kuni “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi mutaxassislari tomonidan Jizzax viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlarining monitoring va madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchilari uchun “Tadbirlarni samarali va sifatli tashkil etish” mavzusida o`quv-seminar tashkil etildi. Mazkur o`quv-seminar Jizzax viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori F.Qo`ldoshevning “Viloyatda maktabdan tashqari ta`limda amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida”gi kirish so`zi bilan boshlandi.Markaz direktorining kirish so`zidan so`ng o`quv-seminarning asosiy mavzulari bo`yicha seminar-trening o`tkazildi. Seminar-trening “Markazlarda tadbirlarni samarali va sifatli tashkil etishda madaniy-ommaviy tadbirlar tashkilotchilarining o`rni” hamda “Maktabdan tashqari ta`lim tizimini rivojlantirishda madaniy-ommaviy tadbirlarning ahamiyati” mavzularida o`tkazildi. Mazkur seminar-trening mashg`ulotlari “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi mutaxassislari – R.Boboqulov (O`quvchilarni ijodiy kamol toptirish guruhi rahbari) hamda L.Hoshimov (Monitoring va madaniy-omaviy tadbirlarni tashkil etish guruhi rahbari) lar tomonidan olib borildi.O`quv-seminarda (30 nafarga yaqin) direktorlar, direktor o`rinbosarlari, uslubchilar, monitoring mutaxasislari hamda madaniy-ommaviy tadbirlar ishtirokchilari qatnashishdilar. O`quv-seminar yakunida yig`ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


манба


 

“Uslubiy xizmat samaradorligini oshirish” mavzusida o`quv-seminar tashkil etildi

Barkamol avlod RBBIM

Xalq ta`limi vazirligining 2012 yil 29 fevraldagi 54-sonli buyrug`i asosida joriy yilning 17-19 fevral kunlari Surxondaryo viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyati o`rganildi hamda joriy yilning 18 fevral kuni viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida markazlarning direktorlari, direktor o`rinbosarlari va badiiy ijodiyot yo`nalishida faoliyat ko`rsatayotgan uslubchilar uchun “Uslubiy xizmat samaradorligini oshirish” mavzusida o`quv-seminar tashkil etildi. Mazkur o`quv-seminar Surxondaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari A.To`raboevning “O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda viloyatda olib borilayotgan ishlar to`g`risida”gi ma`ruzasi bilan boshlandi.A.To`raboevning kirish so`zidan so`ng “Viloyatdagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyati tahlili” yuzasidan “Barkamol avlod” Respublika bolalar markazlari mutaxassislari — M.Qurbonova, L.To`xtaeva va B.Toshniyazovlarning fikrlari eshitildi hamda viloyat miqyosida sohada mavjud muammoo`va kamchiliklarni yuzasidan muhokama olib borildi. Sohada mavjud muammoo`va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berlidi. Kunning ikkinchi yarmida “Barkamol avlod” bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo`nalishi faoliyatini rivojlantirish va “Uslubiy xizmat samaradorligini oshirish” yo`llari” mavzusida seminar-trening o`tkazildi. Mazkur seminar-trening mashg`ulotlari “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi mutaxassisi – O.Narjigitov tomonidan olib borildi.Seminarda 80 nafar soha mutaxassislari – “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari, director o`rinbosarlari hamda uslubchilar shtirok etishdi. Seminar yakunida yig`ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.


манба

Barkamol avlod` bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo`nalishidagi faoliyatlarini yanada takomillashtirishga yo`naltirilgan Respublika ijodiy guruhining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi

Barkamol avlod RBBIM


Respublikamizdagi mavjud 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo`nalishidagi faoliyatlarini yanada rivojlantirish, ushbu yo`nalish bo`yicha tashkil etilgan to`garaklarga o`quvchilar qamrovini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan Respublika ijodiy guruhining navbatdagi 5-sonli yig`ilishi joriy yilning 14 fevral kuni Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar markazida bo`lib o`tdi. Ushbu yig`ilishda “2014 yil davomida markazlarning badiiy ijodiyot yo`nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda 2015 yil “Keksalarni e`zozlash yili”dagi ustuvor vazifalar” mavzuidagi hisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari, direktor o`rinbosarlar va etakchi mutaxassislaridan iborat 50 nafarga yaqin xodimlar ishtirok etdilar. Mazkur yig`ilishda “2014 yil davomida “Barkamol avlod” bolalar markazlari tomonidan badiiy ijodiyot yo`nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda 2015 yil “Keksalarni e`zozlash yili” dagi ustuvor vazifalar” yuzasidan hamda Samarqand, Xorazm, Farg`ona viloyatlari va Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo`nalishida amalga oshirilgan ishlari, aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari; “Barkamol avlod” bolalar markazlarining badiiy ijodiyot yo`nalishi bo`yicha tajriba almashish; markazlar o`rtasida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish tartibi kabi qator mavzular yuzasidan ma`ruzalar tinglanadi hamda tegishli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.


 манба

Ободлик кўнгилдан бошланади

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Наврўз умумхалқ байрамини кенг миқёсида нишонлаш мақсадида Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институтида 1-2 март кунлари тозалик, ободонлаштириш ҳашари ташкил этилди. Ҳашар жараёнида институт ҳудудини тозалаш, дарахтларга ишлов бериш, ариқ ва лотокларни тозалаш, мевали ва манзарали дарахтлар экиш, ўқув биноси ва ёрдамчи биноларни тартибга келтириш, аудитория ва хоналарни тозалаш, турли гул ва қаламчаларни экиш ишлари амалга оширилди. Ҳашарда институт тасарруфидаги барча бўлимлар, факультет ва кафедраларнинг профессор-ўқитувчилари ҳамда ходимлари, талаба ва магистрлари фаол қатнашди. Талаалар турар жойларида ҳам тозалаш ва ободонлаштириш ишлари тўлиқ амалга оширилди.


 


manba

Уйғун ривожланган шахсни шакллантиришда жисмоний тарбия ва спортнинг ижтимоий аҳамияти

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Мустақилликка эришган Ўзбекистон ижтимоий-иқтисодий тараққиётнинг шундай йўлига қадам босдики, бу йўлда катта муваффақиятларга эришиш жамиятнинг барча аъзоларидан бор имкониятларини ишга солишни талаб этади. Ёш авлодни тарбиялашда миллий қадриятлар ва анъаналар янги маънокасб эта бошлади. Баркамол, ҳар жиҳатдан уйғун ривожланган шахсни шакллантириш барча замонларда ҳам халқимизнинг энг эзгу орзуси бўлган. Жисмонан соғлом, турли илмларни юксак даражада эгаллаган халқ ўзи учун муносиб келажакни қура олади.


Спорт мусобақалари шахс маънавиятини шақилланишидаги ўрнига алломаларимиз эътибори

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Алишер Навоий, Юсуф Хос Хожиб асарларида инсондаги етукликнинг шаклланишида жисмоний ҳаракатларнинг ўрнига алохида эьтибор берганлар. Бундай ҳаракатлар орқали инсондаги етукликни аниқлаш учун ўлкамиздаги турли байрамларда мусобақалар ўтказиш йўлга қўйилган. Жисмоний етукликда Юсуф Хос Хожиб ёшларнинг отларида яхши юришлари ва мусобақаларда иштирок эта олишини кўрсатиб ўтган. Яьни: улоқ, кўпкари мусобақалари. Хозирги кунда бундай мусобақаларни  “Наврўз” байрамидаги оммавий сайллар, спорт мусобақалари бунга мисолдир. Республика ҳукуматининг қарорлари, турли кўрсатмалари асосида маҳалла ва бошқа аҳоли истиқомат жойларида жисмоний тарбия ва спортни ривожлантириш ишларида махалла фаоллари спорт ташкилотлари ходимлари, кўзга кўринган спортчилар  билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда. Шаҳарлар ва қўрғонларнинг аҳолиси ўртасида спартакиадалар, халқ миллий ўйинлари мусобақаларини ўтказиш анъаналарга айланган. Бунда спортнинг футбол, кураш, арқон тартиш, тош кўтариш, енгил атлетика каби турлари оммавий тус олди. Бу тадбирларга жисмоний тарбия ва спорт соҳасида таълим олаётган талабалар жалб қилиниб, ташкилий ишларда улар фаоллик кўрсатишмоқда.


 


ЎзДЖТИ п.ф.н.доц. Т.Д. Бойтўраев

Инсон камолатида қадриятларнинг ўрни

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Шахслар ва миллатларнинг ўзаро муносабатлари жараёнига «ўзаро таъсир» ва «ўзаро бойитиш» орқали намоён бўладиган жараёнлар киради. Яъни,  шахс маънавий камолоти онадан туғилиши билан юзага келмайди, балки ҳар бир инсонни  тарбиялашда жамиятда  йўлга қўйилган тарбиявий усуллардан фойдаланилиб шакллантирилади. Шахс, инсон ҳеч қачон ўзгаларсиз яшай олмаганидек, миллат ҳам бошқа миллатлар, халқлар билан алоқа қилмасдан, тараққий эта олмайди, боз устига бугунги кунда дунёда «соф» миллат борлигига ҳеч ким гувоҳлик ёки кафолат бера олмайди. Жамият ҳам худди ана шу қонуниятлар  асосида баркамол авлодни шакллантиришга  интилиб боради.Бошқача айтганда, биз ўз ҳақ-ҳуқуқларини танийдиган, ўз кучи ва имкониятларига таянадиган, атрофида содир бўлаётган воқеа-ҳодисаларга мустақил муносабат билан ёндашадиган, айни замонда шахсий манфаатларини мамлакат ва халқ манфаатлари билан уйғун ҳолда кўрадиган эркин, ҳар жиҳатдан баркамол, соғлом авлодни тарбиялашимизда спорт турлари билан шуғуллани мақсад қилган ёшларимиз билан ишлашимизга тўғри келади.  Ўзбекистоннинг мустақилликка эриши шарофати туфайли махаллалар, даҳа, мавзелар, йирик қишлоқ қўрғонларида (посёлкалар) аҳолининг жисмоний тарбия ва спорт, халқ миллий ўйинлари ҳамда оммавий соғломлаштириш ишларига жалб қилиш анча ривожланди. Мамлакатда миллий қадриятларнинг қайта тикланиши уни янада бойитишда маънавий-маърифий   тадбирларнинг олиб борилиши муҳим аҳамият касб этмоқда. Аҳолининг ижтимоий турмуш даражаси тобора яхшиланмоқда. Бунда ўтказилаётган турли спорт мусобақалари, халқ миллий ўйинлари фестиваллари катта ҳисса қўшмоқда. Бу аҳолининг жисмоний тарбия ва спортга эҳтиёжи ошаётганидан далолат.


 


ЎзДЖТИ п.ф.н.доц. Т.Д. Бойтўраев

Қадриятимиз ҳисобланган наврўз байрамида жисмоний етукликга эътибор

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Ўлкамиздаги энг қадимги ёзма манба ҳисобланган Зардуштийлик динининг “Авесто” китобида инсондаги жисмоний етукликни унинг ёши билан, уруғ ва қабиладаги вазифаси билан белгиланган. Ўрта Осиё азал-азалдан дехқончилик, чорвачилик, ҳунармандчилик билан кун кечирган халқларнинг макони бўлганини ҳисобга олсак, аҳоли ўзига керакли маҳсулотларни табиатдан олиш  учун инсондаги жисмоний сифатларни ривожлантириши керак бўлган. Инсон ва табиат ўртасидаги йил давомида бўлиб ўтадиган муносабатда асосий эътибор инсодаги жисмоний баркамолликка берилган. Маълумки, қабила ва уруғларнинг ахолисига турли жисмоний машқланир бажаришни ёшликдаги ҳаёти билан ўзаро боғланган. “Авесто”даги жисмоний етукликни баҳолаш инсонларнинг мусобақалардаги иштироки билан боғланган бўлиб, уларни қуйидагича белгилаш мумкин.


Ўзбекистон ДЖТИ талабалари Тошкент шаҳар Олмазор туманидаги 11-умумтаълим мактабида амалиётда

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Ўзбекистон ДЖТИ талабалари Тошкент шаҳар Олмазор туманидаги 11-умумтаълим мактабида институтда олган назарий билимлари асосида педагогик амалиётни юқори малакали мутахассис услубиятчи Маъмура Хайдарова бошчилигида ўтказиляпти. Мактабда жисмоний тарбия дарсларини ўтиш маҳоратини чуқур ўрганмоқдалар, бунда дидактик шакллари, усуллари ва шакллари воситаларидан кенг фойдаланилмоқда. Амалиётчи талабалар иштирокида мактаб ўқувчилари ўртасида соғломлаштириш, спорт тадбирлари ва мусобақалари ташкил қилиниб амалиётни юқори савияда ўтишга асос бўлмоқда. 26-бригада амалиётчи талабалар Отажонова Дилафруз, Базарова Феруза, Ибрагимов Зиёдулла, Абдурахмонов Шерзод, Ибрагимов Суннатилло, Убайдуллаев Ифтихор, Жўрақулов Миркамол, Йўлдошев Мираббос, Ашимов Нуржан,, Иргашов Шокзод, Хакимова Нодира ва  Базарова Ферузалар педагогик амалиётга фаол иштирок этмоқдалар.Амалиётчилар Отажонова Дилафруз ва  Базарова Феруза 1-синф ўқувчилари билан эрталабки гигеник машқларини ўтказмоқдалар.


 


манба

ЎзДЖТИ талабалари педагогик амалиётда

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти талабалари Тошкент шаҳар Юнусобод туманидаги 154-умумтаълим мактабида институтда олган назарий билимлари асосида педагогик амалиётни услубиятчи Даврон Қаландаров бошчилигида ўтказиляпти. Мактабда жисмоний тарбия дарсларини ўтиш маҳоратини чуқур ўрганмоқдалар, бунда дидактик шакллари, усуллари ва шакллари воситаларидан кенг фойдаланилмоқда.


Oilada jismoniy tarbiyani tashkil qilish yo'llari

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

Insonlarning yoshi, ijtimoiy turmushi, mehnat va xizmatdagi lavozimi, mavqe'i va ular bilan bog'liq bo'lgan faoliyatlaridan qat'iy nazar, oila degan hayotni boshdan kechiradilar. Unda eng avvalo salomatlik, ahillik, moddiy-iqtisodiy ta'minot, ijtimoiy madaniyat, ta'lim-tarbiyaning deyarlik barcha jabhalari mujassam bo'ladi. Oila – jamiyatning bir bo'lagi va hayot tayanchi. Shu asosda jamiyatni tashkil qiluvchi farzandlarni vujudga keltiradigan, ularni tarbiyalab voyaga etkazuvchi eng ulug' dargohdir. Ota-onalar, farzandlarning oilada sog'lom yashashlari, mustahkam va obod turmush kechirishlari ma'naviy va jismoniy barkamollikni taqozo etadi.


Biz doim birgamiz

Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия университети
Илм-фан

«Obod turmush yili» Davlat dasturi, ijtimoiy muhofaza tamoyili va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni rejaga muvofiq o'tkazishni ta'minlash maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida Ishchi guruhlar rejasi ishlab chiqilgan. Rejaga muvofiq tuzilgan ishchi guruhlar o'zlariga belgilangan hududlarda: mahallalarda yolg'iz qariyalar va nogironlar holidan xabar olish, ularga muruvvat yordamlari tashkil etish hamda «Mehribonlik», «Sahovat», «Muruvvat» uylarida bayram tadbirlari kabi hayrli ishlarni amalga oshirish belgilangan.